Duşanba kuni respublika hududlarining ayrim joylarida yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli bölişi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilişi ehtimoli bor. Faqat Farğona vodiysida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol tezligi 13–18 m/s gaça kuçayib, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Harorat 15–20 daraja, şimolda 8–13 daraja iliq böladi.

10-noyabr kuni sovuq va nam havo massalarining kirib kelişi yanada sezilarli böladi. Respublika böyiça yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli bölişi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasida yomğir qorga aylanişi ehtimoli bor.

Şamol tezligi ayrim joylarda 13–18 m/s gaça kuçayadi. Harorat keçasi 7–12 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq, şimolda esa keçasi 0–5 daraja, kunduzi 5–10 daraja iliq böladi.

11-noyabr, çorşanba kuni Özbekistonning katta qismida yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli bölişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.

Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi. Şimolda keçasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq kuzatiladi.

12-noyabr kuni respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagaça sovuq, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi. Şimolda keçasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq kuzatiladi.

13-noyabr kuni ayrim hududlarda yomğir yoğişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.

Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagaça sovuq, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi. Şimolda keçasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq kuzatiladi.

Toşkent şahrida ob-havo qanday böladi?

  • 9-noyabr: vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 11–13 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat 18–20 daraja iliq.
  • 10-noyabr: bulutli ob-havo kuzatiladi, yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat keçasi va kunduzi 12–14 daraja iliq.
  • 11-noyabr: vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat keçasi 5–7 daraja, kunduzi 8–10 daraja iliq.
  • 12-noyabr: yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şimoli-şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 1–3 daraja, kunduzi 10–12 daraja iliq.

Şunday qilib, dam oliş kunlaridagi ğayrioddiy iliq ob-havo örnini yoğingarçilik va ança salqin kunlar egallaydi. Ayniqsa, şimoliy hududlarda haroratning noldan pastga tuşişi kutilmoqda.