Qonunga koʻra, Oʻzbekiston hududida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan yoki koʻpaytiriladigan hayvonlar majburiy tartibda identifikatsiya qilinishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatda hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olish muddatlari ham belgilangan.
Jumladan,
- qoramol, qoʻy, echki va tuyalar tugʻilganidan keyin 14 kun oʻtgach,
- otlar 4 oydan keyin,
- choʻchqalar 1 oydan keyin,
- it va mushuklar esa 3 oydan keyin identifikatsiya qilinishi kerak. Bu jarayon belgilangan muddat tugaganidan soʻng bir oy ichida amalga oshirilishi shart.
Shuningdek, saqlash yoki koʻpaytirish maqsadida Oʻzbekistonga olib kiritilgan hayvonlar mamlakatga kiritilgan sanadan boshlab 21 kun ichida identifikatsiya qilinishi lozim.
Qonunga muvofiq, hayvon soʻyilgan, nobud boʻlgan, oʻlgan, yoʻq qilingan yoki mamlakat hududidan olib chiqilgan taqdirda, u yetti kun ichida hisobdan chiqariladi.
Bundan tashqari, vakolatli davlat organi hayvon egasining murojaati asosida besh ish kuni ichida hayvonni identifikatsiya qilishi va roʻyxatdan oʻtkazishi belgilangan.