Bu haqda 6-noyabr kuni Samarqandda ötkazilayotgan ŞHT plyus xavfsizlik masalalari böyiça birinçi ekspertlar muloqotida Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov maʼlum qildi.

DXX rahbarining taʼkidlaşiça, terrorçilik va ekstremistik taşkilotlar öz ğoyalarini tarqatiş, tarafdorlarini yollaş, teraktlarni moliyalaştiriş va ularni amalga oşirişda raqamli texnologiyalardan tobora faol foydalanmoqda.

«Birgina 2026-yilda ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bölib, bu 2025-yilgi körsatkiçga (43 mingga yaqin) nisbatan 14 foiz köpdir», — dedi Bahodir Qurbonov.

Uning qayd etişiça, raqamli transformatsiya şaroitida terrorçilik tahdidlarining yangi şakllarini aniqlaş, jumladan, sunʼiy intellektdan terrorçilik maqsadlarida foydalanişning oldini oliş xavfsizlik sohasidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Şuningdek, DXX raisi Özbekistonda 2021–2026-yillarga möljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça milliy strategiya doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillaştirilganini taʼkidladi.

Uning maʼlum qilişiça, 2026-yilgi Global terrorizm indeksida Özbekiston 96-örinni egallagan va minimal xavf toifasiga kiritilgan.

Samarqanddagi ekspertlar muloqoti doirasida iştirokçilar zamonaviy xavfsizlik tahdidlarini muhokama qilib, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqişi kutilmoqda.