Özgidromet prognozlariga köra, noyabr oyining birinçi ön kunligida keçalari havo harorati 5–10 daraja iliq, kunduz kunlari esa 17–22 daraja iliq böladi.

Oyning ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida harorat foni pasayişi kutilmoqda. Bu davrda keçalari havo harorati 3–8 daraja iliqdan 2 daraja sovuq va 3 daraja iliqqaça, kunduz kunlari esa 15–20 daraja iliqdan 5–10 daraja iliqqaça özgarib turişi mumkin.

Noyabr oyida Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi prognoz qilinmoqda. Harorat pasaygan davrlarda yomğir qisqa muddatga qorga aylanişi ham mumkin. Toğli hududlarda esa birinçi qor qoplami şakllanişi kutilmoqda.

Oylik yoğingarçilik miqdori respublika hududining katta qismida meʼyor atrofida, ayrim joylarda esa meʼyordan kam bölişi prognoz qilingan.

Noyabr kuz faslining sönggi oyi bölib, bu davrda havo harorati oktyabr oyiga nisbatan sezilarli darajada pasayadi. Iqlimiy maʼlumotlarga köra, noyabr oyida örtaça harorat oktyabrga nisbatan 6–7 darajaga, şimoliy va çöl hududlarida esa 8–9 darajaga past böladi.

Umuman, kirib kelayotgan noyabr oyi Özbekistonda kuzdan qişga ötiş davri bölib, haroratning asta-sekin pasayişi, yomğirli kunlarning köpayişi va ayrim hududlarda birinçi qor yoğişi bilan xarakterlanadi.