Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 31 avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 1 sentyabr — seshanba esa O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni sifatida ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.

Shu tariqa, besh kunlik va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 29 avgust, shanba, 30 avgust, yakshanba va 31 avgust, dushanba kunlari dam oladi. Shundan so‘ng 1 sentyabr, seshanba kuni ham bayram munosabati bilan dam olinadi.

Demak, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 29 avgustdan 1 sentyabrgacha — 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘ladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 29 avgust, shanba kuni odatdagidek ish kuni bo‘lishi mumkin. Ular 30 avgust, yakshanba, 31 avgust, dushanba va 1 sentyabr, seshanba kunlari — jami 3 kun dam oladi.

2 sentyabr, chorshanba – barchа uchun odatiy ish kuni.