Besh kunga mo‘ljallangan musobaqa "Muz lentasi" milliy konkida uchish stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi o‘yinlar dasturiga 51 ta musobaqa yo‘nalishi kiritilgan.
Bu yil robotlarning imkoniyatlarini namoyish etishga qaratilgan musobaqalar imitatsiya maydonlaridan real obyektlarga ko‘chirildi. Jumladan, robotlar zavodlar, mehmonxonalar va maxsus jihozlangan uylarda sinovdan o‘tkaziladi. Shu tariqa gumanoid robotlarni shunchaki texnologik namoyish vositasi emas, balki haqiqiy ishlarni bajara oladigan tizim sifatida rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilyapti.
O‘yinlar Pekin shahri xalq hukumati, Xitoy Media korporatsiyasi (China Media Group), Jahon robototexnika sohasidagi hamkorlik tashkiloti va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi robototexnika bo‘yicha Jahon kubogi xalqaro kengashi tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bunday musobaqalar texnologiya almashinuvi, sanoat sohasidagi hamkorlik va jismoniy muhitda harakat qila oladigan sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Gumanoid robotlar o‘rtasidagi bunday o‘yinlar ilk bora 2025 yil avgust oyida o‘tkazilgan. Unda 16 davlatdan 280 ta jamoa va 500 dan ortiq gumanoid robot ishtirok etgan, deb xabar berdi Kazinform.