Jahon meteorologiya taşkiloti maʼlumotlariga köra, dunyo dengizlari sathi yanada tez kötarilayotir. Jumladan, 2015 – 2024-yillar oraliğida ösiş surʼati yiliga örtaça 4,7 millimetrni taşkil etdi. Bu 1993 – 2002-yillardagi körsatkiçlardan ikki baravar köp.
Asr oxiriga kelib, dengiz sathi kötarilişi quruqlikdagi umurtqali hayvonlarning 42% dan ortiği odatiy yaşaş joylaridan qisman mahrum bölişiga olib kelişi mumkin.
“Science” jurnalida çop etilgan keng kölamli tadqiqotda olimlar dengiz sathi kötarilişi haqidagi prognozlarni quruqlikdagi umurtqali hayvonlar yaşaş joyining yaroqliligi xaritalari bilan soliştirdi.
Tadqiqot şuni körsatdiki, 2100-yilga kelib qirğoq hududlarini suv bosişi tufayli 15 mingdan ortiq hayvon turlari yaşaş joylari yöqolişi xavfiga duç kelişi mumkin. Şu bilan birga, Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqi maʼlumotlariga köra, uşbu turlarning 5,9 foizi hozirda iqlim özgarişi tufayli xatarga duç kelgan.
Qaysi turlar xavf ostida?
Mualliflarning hisob-kitoblariga köra, quşlarning 63 foizi, sut emizuvçilarning 52 foizi, sudralib yuruvçilarning 36 foizi va suvda hamda quruqlikda yaşovçilarning 24 foizi xavf ostida qoladi. Bundan taşqari, sudralib yuruvçilar, çeklangan arealli turlar, şuningdek, yöqolib ketiş xavfi ostida qolgan turlar eng himoyasiz bölib çiqdi. Umuman olganda, reptiliyalar quşlar yoki sut emizuvçilarga qaraganda deyarli ikki baravar köproq yaşaş joyini yöqotişi mumkin, deydi olimlar.
Şunday qilib, 2050-yilga kelib yaşaş uçun joylarining 10 foizdan ortiğini yöqotgan turlar soni 18 tani, 2100-yilga kelib esa 109 tani taşkil etadi.
Hududlar böyiça holat
Ayniqsa, Amazonka deltasidagi biologik xilma-xillik darajasi nihoyatda yuqori bölgani uçun olimlar orasida xavotir uyğotmoqda. Şunday qilib, 2050-yilga borib Amazonkaning quyi deltasidagi 100 ming gektardan ortiq qirğoq örmonlari va suv-botqoq yerlari suv ostida qolişi ehtimoli yuqori.
Janubi-Şarqiy Osiyo ham xavf ostida, garçi suv toşqini xavfi ostida bölgan joylarning uluşi Amazonka deltasiga qaraganda kamroq bölsa ham. Şunga qaramay, Sundarban (Bangladeş) örmonlarida yaşovçi Bengal yölbarsi yaşaş joylarining katta qismi 2070-yilga borib suv ostida qolişi mumkin.
Yuqori xavf ostida bölgan boşqa hududlar qatoriga Markaziy Amerika va Janubi-Şarqiy Afrika kiradi. Tadqiqotçilarning taʼkidlaşiça, butun dunyo böylab hayvonlar dengiz sathining kötarilişi oqibatini allaqaçon his qilmoqda. Xususan, 2016-yilda olimlar Avstraliya va Yangi Gvineyani ajratib turuvçi Torres böğozidagi kiçik marjon orolida yaşagan kemiruvçilar turidan biri — rif mozaik kalamuş qirilib ketganini eʼlon qilişdi. Bu sut emizuvçilarning yaşaş joyini yöqotişi tufayli qirilib ketgan birinçi holat edi.
Tadqiqot mualliflarining taʼkidlaşiça, yana boşqa omillar hisobga olinsa oqibat bundan ham ayançli bölişi mumkin, deb xabar berdi vokrugsveta.ru.