Uchrashuvda joriy yilning 29–31-oktabr kunlari yurtimizda bo‘lib o‘tadigan Ispaniya–O‘zbekiston agro texnologiyalar forumi haqida fikr almashildi.

Tomonlar agrar yo‘nalishda faoliyat yurituvchi kompaniyalar o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Markaziy Osiyo bozorida o‘z xizmat va mahsulotlarini namoyish etish borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirlar doirasida taqdimotlar, davra suhbatlari, ikki tomonlama B2B formatdagi uchrashuvlar va mahalliy ishlab chiqarish obyektlariga amaliy tashriflar tashkil etiladi.

Bunday uchrashuvlar ispan kompaniyalariga o‘z texnikalarini taqdim etish, O‘zbekiston bozori ehtiyojlari bilan yaqindan tanishish hamda salohiyatli hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkonini beradi.