Maʼlum qilinishicha, ular oʻzaro til biriktirib, 1967-yilda tugʻilgan fuqaroga chorvachilik maqsadida ajratilgan 2 sotix yer maydoni hamda davlat zaxirasidagi 28 sotix yerni Andijon shahrida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni rejalashtirgan.
Shuningdek, ular ushbu 30 sotix yerning bir qismini noturar, qolgan qismini esa turar joy toifasiga oʻtkazib berishni vaʼda qilib, yer uchun 57 ming AQSH dollari hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yana 3 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar oldindan 28 ming AQSH dollari hamda hujjatlar uchun 3 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.