2027-yil 10-yanvardan kuchga kiradigan yangi tartibga ko‘ra, mijozning roziligisiz kredit yoki kafillik to‘lovlarini undirishda banklar mijozning bank kartasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida yarmiga teng mablag‘ni (bugungi kunda 680 ming so‘m) saqlab qolishi shart.
Mazkur talab fuqarolarning eng zarur kundalik ehtiyojlari uchun mablag‘siz qolishining oldini olish va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.