O‘zbekistonda bolalar profilaktik emlashlar milliy kalendariga muvofiq quyidagi kasalliklarga qarshi emlanadi:

1 sutkalikda — VGB-1: virusli gepatit Bga qarshi.

2–5 kunlikda — BSJ-1: silga qarshi.

2 oylikda — OPV-1, Rota-1, Pnevmo-1 va Penta-1. Ular poliomiyelit, rotavirus infeksiyasi, pnevmokokk infeksiyasi, shuningdek difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, gepatit B va b turidagi gemofil infeksiya (XIB)ga qarshi himoya hosil qilishga xizmat qiladi.

3 oylikda — OPV-2, Rota-2, Pnevmo-2 va Penta-2: tegishli vaksinalarning navbatdagi dozalari.

4 oylikda — OPV-3, Rota-3, Penta-3 va IPV-1. OPV ham, IPV ham poliomiyelitga qarshi vaksinalardir.

9 oylikda — IPV-2: poliomiyelitga qarshi navbatdagi doza.

12 oylikda — KPK-1 va Pnevmo-3: qizamiq, epidemik parotit (tepki), qizilcha hamda pnevmokokk infeksiyasiga qarshi.

16 oylikda — AKDS-4 va OPV-4: difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol va poliomiyelitga qarshi.

6 yoshda — KPK-2: qizamiq, tepki va qizilchaga qarshi.

7 yoshda — ADS-M-5 va OPV-5: difteriya, qoqshol va poliomiyelitga qarshi.

9 yoshda — VPCH: odam papilloma virusiga qarshi.

16 yoshda — ADS-M-6: difteriya va qoqsholga qarshi.

Eslatma: 2, 3 va 4 oylikda kalendarda ko‘rsatilgan Penta bitta kombinatsiyalangan vaksina bo‘lib, uning tarkibiga AKDS, VGB va XIB komponentlari kiradi. OPV va Rota og‘iz orqali, qolganlari esa tegishli yo‘riqnomaga muvofiq inʼeksiya orqali yuboriladi. Aniq doza va yuborish joyi ishlatilayotgan vaksina yo‘riqnomasiga qarab tibbiyot xodimi tomonidan belgilanadi.

Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olib, qo'shimchalar kiritilishi mumkin. (Masalan hozirda qizamiqqa qarshi emlash 6 oylikda ham amalga oshirilmoqda)

Sanepidqo'mita Axborot xizmati