Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab V+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga:
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.
Nizomga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Malaka imtihonida ishtirok etishi uchun talabgordan ro‘yxatdan o‘tishda, ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:
70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
65 – 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
60 – 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
55 – 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
50 – 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
46 – 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
Talabgorning boshlang‘ich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, o‘qitish metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi.
Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza berib, ro‘yxatdan o‘tadi.
Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga 1 ish kuni ichida QR-kodli sertifikatning elektron shakli YAIDXP (my.gov.uz) orqali yuboriladi.
Talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida YAIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tartibi joriy etilishi belgilandi.