Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalari bu haqda Sog‘liqni saqlashni agentligi (UKHSA) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
“Ikki nafar Buyuk Britaniya fuqarosida hantavirus infeksiyasi borligi tasdiqlandi va yana bir holat Tristan-da-Kunya orolida gumon qilinmoqda”, deyiladi bayonotda.
Buyuk Britaniya rasmiylari yakshanba kuni MV Hondius kemasining Tenerifega kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Hozirda bortdagi Buyuk Britaniya fuqarolarining hech birida alomatlar yo‘q va ular diqqat bilan kuzatilmoqda”, deb aniqlik kiritdi agentlik.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ilgari kemada hantavirus infeksiyasi bilan bog‘liq yettita holat tasdiqlanganini xabar qilgan edi. Uch kishi vafot etdi, bir kishi JARda intensiv terapiyada, yana ikki nafari tibbiy evakuatsiyaga muhtoj, deb xabar berdi report.az.