«Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar va Bojxona organlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor tadbirlar ötkazildi.

DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Paxtaobod tumanida yaşovçi, 1986-yilda tuğilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxsning xonadoni tekşirildi.

Natijada, u yerdan 1 kilogramm 157 gramm «gaşiş» moddasi va 1946 dona kuçli taʼsir qiluvçi «Regapen» dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olindi.

Tezkor tadbir davomida mazkur şaxsdan «Regapen» sotib olmoqçi bölgan, 2001-yilda tuğilgan mahalliy fuqaro ham uşlandi. Uning yonidan 1,5 gramm «gaşiş» va 2 dona «Regapen» aniqlandi.

Surxondaryo viloyatidagi tezkor-qidiruv tadbiri davomida esa giyohvandlik moddasining yirik partiyasi savdosiga çek qöyildi.

Maʼlum qilinişiça, 1986-yilda tuğilgan Afğoniston fuqarosi Afğonistondan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan 6 kilogramm 342 gramm «gaşiş» moddasini sotiş uçun çoponlar orasiga yaşirgan.

U Termiz xalqaro savdo markazida uşbu moddani 15 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida qölga olindi.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX fuqarolardan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan boğliq holatlarga duç kelganda, 1520 qisqa raqami orqali xabar berişni söramoqda. Xabar beruvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.