Bu haqda “Kopernik” dasturi Atmosfera monitoringi xizmatining (CAMS) yangi hisobotida aytilgan, ma’lumotni ABC News keltirmoqda.
Yer atrofidagi ozon sayyoramizni ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi ozon qatlamidan farq qiladi. Ushbu ifloslantiruvchi modda bevosita sayyora yuzasida, boshqa ifloslantiruvchi moddalar quyosh nuri va yuqori harorat ta’sirida kimyoviy reaksiyalarga kirishganda hosil bo‘ladi. Shuning uchun issiq davrlar ozon bilan ifloslanishni kuchaytirishi mumkin.
“Ozon ifloslanishi atmosferamiz, iqlim, salomatlik va tirikchilik vositalari bir-biriga qanchalik bog‘liq ekanligini eslatib turadi”, – dedi CAMS direktori Lorens Ruil. Uning so‘zlariga ko‘ra, havoning ifloslanishi va iqlim o‘zgarishi havo tarkibiga, ekotizimlar holatiga va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish imkoniyatiga ta’sir qiladi.
Shimoliy Amerikadagi vaziyat so‘nggi yillarda, chiqindilarni kamaytirish choralariga qaramay, deyarli yaxshilanmadi. Tadqiqotchilar buni o‘rmon yong‘inlari va iqlim o‘zgarishi bilan ham bog‘lamoqda. Yong‘in tutuni tarkibida ozon hosil qiluvchi moddalar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‘lib, minglab kilometr masofaga tarqalishi mumkin.
Shu bilan birga, Okeaniya (Tinch okeanining markaziy va g‘arbiy qismlarida, Osiyo, Avstraliya va Amerika o‘rtasida joylashgan. Bu alohida mamlakat emas, balki minglab orol va orolchalardan iborat ulkan geografik hudud) havo sifati eng yaxshi bo‘lgan hududlardan biri bo‘lib qolmoqda: CAMS hisobotiga ko‘ra, uning barcha aholisi ozon bilan ifloslanish darajasi yaxshi yoki qoniqarli bo‘lgan hududlarda yashaydi.
Atmosphere Watch hisoboti 2026 yilning dastlabki sakkiz oyini qamrab oladi. Uning mualliflari havo ifloslanishi global muammo bo‘lib qolayotganini ta’kidlamoqda: JSST ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramiz aholisining qariyb 99 foizi havo sifati va bu boradagi tavsiyalarga javob bermaydigan hududlarda yashaydi, deb yozadi science.mail.ru.