Farg‘ona shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro ikki nafar ayolni Rossiya poytaxtida fohishalik bilan shug‘ullanib, pul ishlashga qiziqtirgan.

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytgan. Moskvaga yetib borgach esa, ular ishlab topgan mablag‘ning yarmini unga berib turishini talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs ayollarni Moskvaga jo‘natayotgan vaqtida Farg‘ona xalqaro aeroportida to‘xtatilgan.

Shu tariqa, uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

Holat yuzasidan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.