2026-yil 14-iyun kuni soat 13:30 larda, O‘zbekiston tumani “A.Jomiy” M.F.Y “A.Navoiy” ko‘chasi hududidan o‘tgan D-098 “Qo‘qon-Yaypan-Isfara” avtomobil yo‘lining 21-km.da, 2008-yilda tug‘ilgan haydovchi R.N (ayol) “LASЕTTI-2” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarama qarshi yo‘nalishga o‘tib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1973-yilda tug‘ilgan R.O “FAW TIGER“ rusumli avtomobili bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada “Lasetti-2“ rusumli avtomobil haydovchisi R.N (ayol) va avtomoblda bo‘lgan 2007-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi Z.Sh shifoxonada vafot etgan.