Bu haqda Reuters mudofaa idorasi bayonotiga tayanib ma’lum qildi.
Sinov Fransiyaning yadroviy tiyib turish kuchlari imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida o‘tkazildi.
Yadroviy kallak bilan jihozlanmagan M51.3 raketasi Bretan qirg‘oqlari yaqinidan uchirildi. Sinov yadroviy dvigatelga ega Le Vigilant suvosti qayig‘ining keng qamrovli ta’mirlash ishlaridan so‘ng ushbu turdagi qurolni qo‘llashga tayyorligini tekshirish maqsadida o‘tkazildi, deb xabar berdi report.az.