Reuters agentligi xabar berishicha, halok bo‘lganlar orasida ikki va to‘rt yoshli ikki nafar bola ham bor. Ular yopiq avtomobil ichida hushidan ketgan. Shuningdek, 80 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan uch kishi issiq urishi oqibatida vafot etgan. Yana 13 kishi xavfsiz bo‘lmagan joylarda cho‘milayotgan vaqtda cho‘kib ketgan.

Bordo hududida harorat 41,9°C gacha ko‘tarilib, o‘tgan yil avgust oyida qayd etilgan rekordni yangiladi. Puate shahrida esa harorat 41,2°C ni tashkil etib, 1947-yilda o‘rnatilgan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkichdan oshib ketdi.

Yangi harorat rekordlari Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham qayd etildi. San-Sebastyan shahrida harorat 40°C ga yetdi. Reuters Climate Monitor ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 22-iyun kuni uchun shahardagi tarixiy o‘rtacha haroratdan ikki barobardan ham yuqori.

Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati (Met Office) ma’lum qilishicha, mamlakatning ayrim hududlarida hafta oxiriga qadar havo harorati 39°C dan oshib ketishi mumkin. Bu holat 1957 va 1976-yillarda qayd etilgan 35,6°C li rekordlarni yangilashi ehtimoldan xoli emas, deb xabar berdi kommersant.ru.