Yangi tartibga köra, belgilangan röyxatga kiritilgan xonadonlar isitiş mavsumida oyiga 350 kVt·soatgaça elektr energiyasidan 1 kVt·soat uçun 650 sömlik bazaviy tarif asosida foydalanadi.

Ayni paytda “Hududgazta’minot” AJ tomonidan şakllantirilgan hududlar röyxati mahalliy hokimliklar tomonidan örganilib, tasdiqlanmoqda. Tasdiqlangan röyxatlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga taqdim etilib, tegişli ma’lumotlar billing tizimiga kiritilmoqda. Uşbu jarayonni 25-noyabrga qadar töliq yakunlaş belgilangan.

Eng muhimi, 350 kVt·soatlik bazaviy me’yordan foydalaniş uçun aholidan heç qanday ariza yoki qöşimça hujjat talab etilmaydi. Fuqarolar buning uçun elektr yoki gaz ta’minoti idoralariga borişi şart emas. Yangi me’yor tasdiqlangan röyxat asosida tegişli xonadonlarga avtomatik ravişda qöllaniladi.

Bu tartib 1-noyabrdan amal qilayotgani sababli, röyxatga kiritilgan xonadonlarning noyabr oyida iste’mol qilgan elektr energiyasi uçun yakuniy tölovlari 350 kVt·soatlik bazaviy me’yor asosida hisoblanadi. Ya’ni noyabr oyi uçun hisob-kitoblarda yangi me’yor töliq inobatga olinadi.

Masalan, xonadon noyabr oyida 300 kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilsa, avvalgi 200 kVt·soatlik me’yor böyiça tölov 220 ming sömni taşkil etgan bölar edi. Yangi me’yor asosida esa 195 ming söm hisoblanadi. Ya’ni xonadon 25 ming söm kam tölaydi.

Mazkur tartibni amaliyotga joriy etiş, hududlar va xonadonlar röyxatini şakllantiriş, ma’lumotlarni billing tizimiga kiritiş hamda tölovlarni yangi me’yor asosida hisoblaş bilan boğliq barça zarur işlar Energetika vazirligi, “Hududgazta’minot” va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda mahalliy hokimliklar tomonidan iste’molçilarni ortiqça ovoragarçilikka solmagan holda amalga oşiriladi.