Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Ma’lum qilinishicha, tanlov Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan. Tanlovning har bir bosqichi g‘oliblari, shuningdek, ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlangan.

Tanlov g‘oliblari endi o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qayd etilishicha, WorldSkills xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM — 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM — 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Shu tariqa, milliy tanlovda o‘z kasbiy mahoratini namoyon etgan yoshlar uchun xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish imkoniyati yaratilmoqda.