Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i Muzoffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, shuningdek, taniqli ulamolar, mutasaddi tashkilotlar vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Kuzatuv chog‘ida Muftiy hazratlari ziyoratchilarga Haj amallarini mukammal va bekamu ko‘st ado etishlarini tilab, Haq taolodan yurtdoshlarimizning safarlarini bexatar, ibodatlarini esa maqbul aylashini so‘rab xayrli duo qildilar.

Orzulari ro‘yobidan qalblari his-hayajonga to‘lgan bo‘lguvchi hojilar davlatimiz tomonidan yaratilgan yuksak sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, muqaddas zaminda Vatanimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi uchun duoda bo‘lishlarini ta’kidlashdi. Shunday qilib, ilk ziyoratchilar guruhi Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga ko‘tarinki kayfiyatda jo‘nab ketdi.