Janubiy Koreya Statistika vazirligi maʼlumotlariga köra, sentyabr oyida mamlakatda 25 113 nafar çaqaloq dunyoga kelgan. Bu ötgan yilning şu oyidagi körsatkiçdan 12,2 foizga köp. Mamlakatda yangi tuğilgan çaqaloqlar sonining ösişi ketma-ket 27 oydan buyon şu tarzda davom etib kelyapti. Sentyabr oyidagi körsatkiç esa sönggi sakkiz yildagi eng yuqori darajaga yetgan, deb xabar berdi Kazinform.

2026-yilning dastlabki töqqiz oyida Janubiy Koreyada 218 896 nafar bola tuğilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 14,3 foizga köpdir. Şuningdek, 1981-yildan buyon yuritib kelinayotgan statistikada bunday yuqori ösiş ilk bor qayd etildi.

Bunday ijobiy özgarişga nikohlar sonining ortişi, 30-39 yoş oraliğidagi aholi uluşining köpayişi hamda farzandli bölişga nisbatan munosabatning ijobiy tomonga özgarişi taʼsir körsatgan.

Şuningdek, sentyabr oyida Janubiy Koreyada 16 299 ta nikoh qayd etilgan. Bu ötgan yilning şu oyidagi körsatkiçdan 11,7 foizga kam. Şu tariqa, nikohlar soni ketma-ket ikki oy davomida pasaygan.

Statistika vazirligi maʼlumotlariga köra, bunday özgarişga kelasi yildan boşlab yoş oilalarga beriladigan davlat moliyaviy yordami joriy etilişini kutayotgan juftliklar ham taʼsir körsatgan bölişi mumkin.