Tadqiqotlar davomida Zomin tumanining bir qator hududlarida tosh davriga oid yangi arxeologik obyektlar aniqlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Achchi qishlog‘ining sharqiy qismida paleolit davriga, Peshag‘or qishlog‘ida esa neolit davriga oid makonlar qayd etildi. Shuningdek, Achchi qishlog‘ining g‘arbiy qismi hamda Arja qishlog‘i hududlarida neolit davriga mansub topilmajoylar aniqlandi.