“Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, kam taʼminlangan shaxslar, agar ular muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy sudga murojaat etganda davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi soʻrov “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan, Konstitutsiyaviy sudga shikoyat bilan murojaat etgan fuqaroning iltimosiga koʻra Konstitutsiyaviy sud tomonidan yuboriladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.