“Men keyingi umumiy saylovlarga bizni olib borish uchun eng mos odammanmi, degan savol tug‘iladi. Men parlament partiyamning bu savolga javobini eshitdim va uni sharaf bilan qabul qilaman. Men qabul qilgan har bir qaror sevgan mamlakatimni birinchi o‘ringa qo‘yish istagi bilan bog‘liq. Shuning uchun men iste’foga chiqaman [Leyboristlar partiyasidan, bu avtomatik ravishda Bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqishini anglatadi]. Bugun ertalab men Qirol [Karl III] bilan gaplashdim va unga qarorim haqida xabar berdim”, dedi u.
Starmer yangi rahbarni saylash jadvalini belgilash uchun Leyboristlar partiyasining Milliy ijroiya qo‘mitasiga murojaat qilishini ta’kidladi: “Nomzodlarni ko‘rsatish 9-iyul kunidan boshlanadi va yozgi parlament ta’tilidan oldin yopiladi”.
U yangi Bosh vazir saylanmaguncha mazkur lavozimida ishlashda davom etishini qo‘shimcha qildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Starmerning muammolari Leyboristlar partiyasining Angliya mahalliy kengashi saylovlarida, shuningdek, may oyida bo‘lib o‘tgan Uels va Shotlandiya parlament saylovlarida yomon natijalaridan so‘ng boshlangan, bu saylovlarda partiya 1500 dan ortiq o‘rinni yo‘qotgan edi. Shundan so‘ng, parlament a’zolarini ham o‘z ichiga olgan ko‘plab partiya a’zolari bosh vazirning iste’foga chiqishini talab qilishdi, deb xabar berdi report.az.