Buxoro — mamlakatimizning tarixiy xotirasi, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida alohida örin tutgan zamin. Asrlar davomida Buyuk ipak yölining muhim çorrahalaridan biri bölgan bu hududda savdo-sotiq, hunarmandçilik, dehqonçilik va şaharsozlik madaniyati ham öziga xos taraqqiyot yölini bosib ötgan. Şu maʼnoda, bugungi Buxoro haqida söz yuritganda uning boy ötmişi bilan bir qatorda, zamonaviy iqtisodiy qiyofasi, mavjud resurslardan qanday foydalanilayotgani va kelgusi taraqqiyot yönalişlariga ham nazar taşlaş zarur.

Şu bois, suhbatimiz viloyatning bugungi iqtisodiy imkoniyatlari, sanoat va investitsiya salohiyati, qişloq xöjaligi va suv masalasi, energetika, turizm va logistika, şahar infratuzilmasi, aholi hayotidagi özgarişlar hamda qadimiy Buxoroning kelajakdagi qiyofasi xususida böldi.

— Botir Komiloviç, Buxoro haqida gap ketganda köpinça uning boy tarixi va turizm salohiyati tilga olinadi. Sizningça, viloyatning hali töliq oçilmagan eng katta iqtisodiy imkoniyati nimada?

— Buxoroning iqtisodiy imkoniyatlarini birgina soha bilan boğlab ­bölmaydi. Viloyatda turizm, sanoat, qişloq xöjaligi, energetika, hunarmandçilik va xizmat körsatiş sohalarining har biri uçun katta salohiyat bor. Menimça, eng muhim vazifa — şu imkoniyatlarni alohida-­alohida rivojlantirişdan köra, ularni özaro boğlangan yagona iqtisodiy zanjirga aylantiriş.

Masalan, Buxoro turizmi uzoq yillar davomida asosan tarixiy şahar va ziyorat yönalişlari bilan boğliq holda rivoj­landi. Albatta, bu bizning eng katta ustunliklarimizdan biri. Şu bilan birga, bugun turizm imkoniyatlarini Buxoro şahrining tarixiy markazi doirasida körişning özi yetarli emas. Viloyatning çöl hududlari, Tödaköl va Qoraköl suv havzalari ekoturizm uçun, tumanlardagi öziga xos taomlar, dehqonçilik va qişloq turmuşi agro va gastronomik turizm uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Buxoroga kelgan sayyoh Labi hovuz yoki arkni tomoşa qilib ketiş bilan çeklanmay, viloyatning boş­qa hududlariga ham borişi, mahalliy mahsulot va xizmatlardan foydalanişi, hunarmandlar bilan bevosita tanişişi muhim. Sayyohning viloyatda qoliş muddati uzaysa, uning kelişi iqtisodiyotning köproq tarmoqlariga taʼsir qiladi.

Bu yerda qişloq xöjaligi va qayta işlaş sanoati imkoniyati ham keng. Buxoroda meva-sabzavotçilik, uzumçilik, çorvaçilik, qorakölçilik kabi anʼanaviy yönalişlar şakllangan. Endi masala xomaşyo yetiştiriş bilan çeklanmay, uni viloyatning özida çuqur qayta işlaş, tayyor va eksportbop mahsulotga aylantirişda.

Qoraköl terisi va juni, paxta, meva-­sabzavot, uzum va boşqa mahsulotlar bö­yiça qöşilgan qiymat zanjirini uzaytiriş viloyat iqtisodiyoti uçun yangi daromad manbalarini yaratişga xizmat qiladi. 2026-2028-yillarda agrobiznes, turizm, sanoat va xizmat körsatiş sohalarida umumiy qiymati 11,5 milliard dollarga teng yirik loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgani ham bu imkoniyat­ning kölamini körsatadi.

Buxoroning yana bir muhim ustunligi — energetika salohiyati. Viloyatning tabiiy-iqlim şaroiti quyoş va şamol energetikasini keng rivojlantiriş imkonini beradi. Hozir umumiy quvvati 5 gigavatt bölgan yirik quyoş va şamol elektr stansiyalari loyihalari amalga oşirilmoqda. Şundan umumiy quvvati

2 gigavatt bölgan beşta loyiha işga tuşirildi. Barqaror energiya taʼminoti yangi sanoat quvvatlarini joylaştiriş, qayta işlaşni kengaytiriş va inves­torlar uçun qulay muhit yaratişda ham muhim omil böladi.

Hunarmandçilik ham katta iqtisodiy imkoniyatga ega. Buxoro zardözligi, zargarligi va boşqa anʼanaviy hunarmandçilik maktablarini zamonaviy dizayn, savdo va eksport bilan boğlasak, ularning bozori ança kengayadi. Bu sohani turizm bilan uyğun rivojlantiriş esa mahalliy aholi uçun qöşimça daromad va yangi iş örinlari oçiş imkonini beradi.

Bugungi körsatkiçlar bunday yondaşuv uçun iqtisodiy asos borligini körsatmoqda. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 1,9 milliard dollar xorijiy investitsiya özlaştirildi. Eksport qiluvçilar soni 200 taga yetdi. Buxoroda işlab çiqarilgan mahsulotlar 37 mamlakatga yetkazib berildi. Endi asosiy masala investitsiya va eksport hajmining özi bilan çeklanib qolmay, ularning viloyatda qança qöşilgan qiymat, yangi iş örni va barqaror daromad yaratayotganiga eʼtibor qaratişda.

— Zamonaviy quriliş, mehmon­xonalar va biznes infratuzilmasi bilan Buxoroning tarixiy qiyofasini qanday uyğunlaştiriş mumkin?

— Buxoroda bu masalaga juda ehtiyot­korlik bilan yondaşiş talab etiladi. Çunki şaharning qadri faqat tarixiy obidalar bilan ölçanmaydi. Köçalar, mahallalar, hovlilar, anʼanaviy meʼmorçilik va ularni birlaştirib turgan yaxlit şahar muhiti ham Buxoroning tarixiy qiyofasini belgilaydi. Şu bois, biz uçun asosiy tamoyil — eski şaharni zamonaviy qurilişlarga moslaştiriş emas, yangi quriliş va infratuzilmani tarixiy muhit talablariga muvofiq rivojlantiriş.

Bu, birinçi navbatda, tarixiy markazdagi har qanday quriliş va rekonst­ruksiya işlariga aniq talablar asosida yondaşişni taqozo etadi. Eski şaharda baland, yirik hajmli yoki tarixiy panoramaga taʼsir körsatadigan binolar paydo bölişi Buxoroning asrlar davomida şakllangan meʼmoriy muhitiga zarar yetkazişi mumkin. Şu bois, tarixiy markaz va unga tutaş hududlarda binolarning balandligi, hajmi, rangi, quriliş material­lari, köçaga nisbatan joylaşuvi kabi jihatlar hisobga olinişi zarur. Yangi obyektlar zamonaviy bölişi mumkin. Faqat ular şaharning mavjud meʼmoriy qiyofasi bilan uyğunlaşişi kerak.

Albatta, Buxoroga yangi mehmonxona­lar, biznes markazlari va transport infratuzilmasi ham kerak. Masalaning yeçimi ularni tarixiy markazga joylaştirişda emas, şaharning yangi rivoj­lanayotgan hududlarida zamonaviy biznes infratuzilmasini şakllantirişda. Katta obyektlarni tarixiy yadrodan taşqarida rivojlantiriş orqali eski şaharga tuşadigan quriliş va transport bosimini kamaytiriş mumkin.

Transport masalasi ham tarixiy muhitni asraş bilan bevosita boğliq. Eski şaharda avtomobil harakatini tartibga soliş, piyodalar uçun qulay hududlarni kengaytiriş, sayyohlar harakatida ixçam elektr transport vositalaridan foydalaniş, avtoturargohlarni tarixiy markazdan taşqarida yoki muhitga taʼsiri kam bölgan şaklda taşkil etiş muhim. Bu bir tomondan tarixiy obidalarga tuşadigan ekologik bosimni kamaytirsa, ikkinçi tomondan sayyohlar va mahalliy aholi uçun qulay şahar muhitini yaratadi.

Zamonaviylikni faqat yangi bino quriş bilan baholaş ham töğri emas. Buxoroning tarixiy markazida yuqori tezlikdagi internet, elektron navigatsiya, QR-kodlar va audiogidlar, mehmonxona va xizmatlarni raqamli bronlaş tizimlari kabi imkoniyatlarni kengaytiriş mumkin. Bunday texnologiyalar şaharning taşqi tarixiy qiyofasiga daxl qilmagan holda xizmatlar sifatini oşirişga sabab böladi.

Maqsadimiz Buxoroni muzey-şaharga aylantirib qöyiş ham, zamonaviylaştiriş bahonasida tarixiy qiyofasini yöqotiş ham emas. Tarixiy şahar yaşaşi, unda tadbirkorlik, turizm va xizmatlar rivojlanişi kerak. Şu bilan birga, bu iqtisodiy faollik Buxoroning eng katta boyligi bölgan tarixiy muhit hisobiga keçmasligi şart. Şunda asrlar davomida şakllangan şahar qiyofasini saqlagan holda, zamonaviy va qulay Buxoroni rivoj­lantiriş mumkin.

— Viloyatda yirik sanoat loyihalari amalga oşirilmoqda. Sizningça, Buxoroda qaysi mahsulotlarni işlab çiqarişni yölga qöyiş orqali xom­aşyo eksportidan tayyor mahsulot eksportiga ötiş mumkin?

— Menimça, Buxoro sanoati uçun eng töğri yöl — xomaşyo bazasini çuqur qayta işlaş va qöşilgan qiymat zanjirini viloyatning özida uzaytiriş. Bunda masala zavodlar sonini köpaytiriş bilan hal bölmaydi. Asosiy mezon bir tonna xom­aşyodan qança qiymat yaratişimiz, uni qay darajada tayyor mahsulotga aylantirişimiz va taşqi bozorga qanday narxda olib çiqişimiz bilan belgilanadi.

Buning uçun Buxoroda yetarli baza bor. Viloyatda neft-gaz, paxta, meva-sabzavot, qorakölçilik va ipakçilik xomaşyosi, quriliş materiallari işlab çiqariş imkoniyati mavjud. Hozirning özida neft-kimyo, mineral öğitlar, qoğoz-karton, neft-gaz uskunalari uçun ehtiyot qismlar va gidroizolyatsiya materiallari işlab çiqariş kabi yönalişlar şakllanmoqda. Endi şu imkoniyatlardan foydalanib, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar uluşini oşirişimiz kerak.

Birinçi muhim yönaliş — neft-gaz va kimyo sanoati. Qorovulbozor va Olot hududlaridagi uglevodorod resurslari gazni yoki oraliq mahsulotni sotişdan köra ança keng imkoniyat beradi. Benzol, ­toluol va ksilol kabi mahsulotlardan keyingi bosqiçda polimerlar, maxsus kim­yoviy rea­gentlar, sanoat kompozitlari, qadoqlaş materiallari, polimer quvurlar, avtomobil sanoati va maişiy texnika uçun detallar işlab çiqariş mumkin. Maişiy kimyo, sintetik yuviş vositalari va avtokimyo mahsulotlari ham şu zanjirning davomi böla oladi. Viloyatda bu yönalişdagi loyihalar boşlangani keyingi bosqiçga ötiş uçun asos yaratadi.

Qorakölçilik va ipakçilik Buxoroning tarixiy ixtisoslaşuvidir. Bu sohalarda ham xom teri, jun yoki pilla bilan çeklanib qoliş iqtisodiy jihatdan yetarli samara bermaydi. Qoraköl terisidan tayyor kiyimlar va aksessuarlar, ipakdan tayyor mato, römol va zamonaviy milliy liboslar işlab çiqariş, ularni dizayn va brend bilan boğlaş orqali anʼanaviy mahsulotlarning bozor qiymatini oşiriş mumkin.

Quriliş materiallari sanoatida “xomaşyodan tayyor yeçimgaça” tamoyili muhim. Viloyatdagi gips, granit, marmar va boşqa mineral resurslardan sayqallangan dekorativ toş va plitalar, energiya tejamkor panellar, quruq quriliş aralaşmalari, gidroizolyatsiya, fasad va interyer materiallari işlab çiqariş imkoniyati bor. Ğijduvon va Peşku tumanlarida quriliş materiallari sanoati ustuvor yönaliş sifatida belgilangani ham bu boradagi işlarni kengaytirişga zamin yaratadi.

Yana bir istiqbolli yönaliş — sanoat uçun uskuna va butlovçi qismlar işlab çiqariş. Neft-gaz, energetika, suv va qişloq xöjaligi tarmoqlari uçun nasoslar, klapanlar, filtrlar, elektr jihozlari va ehtiyot qismlarga doimiy talab mavjud.

Eng muhimi, bu yönalişlarni bir-biridan uzib qöymaslik kerak. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boşqa tarmoqning rivojlanişiga ham xizmat qiladi. Buning uçun investitsiya bazasi ham şakllanmoqda. 2026-yilning birinçi yarmida Buxoroda 103 ta investitsiya loyihasi doi­rasida 1,3 milliard dollarlik xorijiy investitsiya özlaştirildi. Viloyat mahsulotlari 37 mamlakatga eksport qilindi.

— Buxoroning suv resurslari çek­langan. Qişloq xöjaligida hosildorlikni oşiriş bilan birga suvni asraş muhim vazifa. Yaqin yillarda Buxoro qişloq xöjaligida nimadan voz keçib, nimani köpaytiriş kerak?

— Buxoro uçun bu savolni, avvalo, “bir kub metr suvdan qança qiymat olamiz?” degan nuqtai nazardan qöyiş töğri böladi. Çunki viloyatimiz adir, yaʼni çöl iqlimi hududida joylaşgan. Yillik yoğin miqdori taxminan 130-180 millimetrni taşkil etadi. Yoz oylarida esa yoğingarçilik deyarli kuzatilmaydi. Eng muhimi, suvning asosiy qismi Amudaryodan Amu-Buxoro kanali orqali nasoslar yordamida katta energiya sarfi hisobiga olib kelinadi. Şu sabab Buxoroda qişloq xöjaligining kelajagi yer maydonini kengaytirişdan köra, suvdan qançalik samarali foydalanişimizga köproq boğliq.

Bugun viloyatda 299,1 ming gektar suğoriladigan maydon mavjud. Unga yiliga örtaça 3,93 milliard kub metr suv yetkazib beriladi. Uşbu suvning 95 foizi qişloq xöjaligi ehtiyoji uçun sarflanadi. Viloyatga suv 100 foiz nasos stansiya­lari orqali keltirilişini hisobga olsak, ortiqça sarflangan har bir kub metr suv ortida energiya xarajati ham borligi ayon böladi. Şuning uçun suvni tejaş, tannarxini pasaytiriş va irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş biz uçun strategik vazifa.

Qişloq xöjaligida esa suvtalab va iqtisodiy samarasi past ekinlarni, ayniqsa, suv taʼminoti murakkab hududlarda bosqiçma-bosqiç qisqartiriş zarur. Ekin tarkibini özgartirişning özi suv muammosini hal qilmaydi. Suv tejovçi texnologiyalarni qişloq xöjaligining asosiy talablaridan biriga aylantirişimiz kerak. 2025-yilda 77,8 ming gektar maydonda zamonaviy suğoriş va suv tejaş texnologiyalari joriy etildi. 2026-yilda 35,8 ming gektar maydonda suv tejovçi texnologiyalarni qöllaş rejalaştirilgan edi. Amalda bu körsatkiç 46,7 ming gektarga, yaʼni rejaga nisbatan 130 foizga yetkazildi.

Masalaning yana bir tomoni — suvni faqat dalada tejaş bilan çeklanib qolmaslik. Suv manbadan ekin maydoniga yetib kelguniga qadar ham yöqotişlar yuz beradi. Şu bois, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini yangilaşga katta eʼtibor qaratyapmiz. 2021-2025-yillarda 285,6 kilometr irrigatsiya va 153,6 kilometr kollektor tarmoqlari rekonstruksiya qilindi, 2 ta suv inşooti yangilandi, 32 ta nasos agregati va quduq barpo etildi.

2026-yilda bu işlar yanada kengaymoqda. Rejaga muvofiq, 63,6 kilometr xöjaliklararo kanallarni betonlaştiriş, 1081 kilometr kollektor tarmoqlarini taʼmirlaş va rekonstruksiya qiliş,

4 ta nasos stansiyasini modernizatsiyalaş, 22,5 kilometr magistral kanallarni yangilaş hamda 1100 kilometr içki suğoriş tarmoqlarini betonlaştiriş belgilangan. Uşbu işlar natijasida 36,4 ming gektar yerning meliorativ holati va 96,8 ming gektar maydonning suv taʼminotini yaxşilaş, 453,5 million kub metr suvni iqtisod qiliş közda tutilgan.

Kelgusida suv tejaydigan suğoriş texnologiyalari uluşini 60 foizga ­yetkaziş orqali 1 milliard 45 ­million kub metr suv iqtisod qilişni rejalaştiryapmiz. Biz uçun maydon hajmidan köra mahsuldorlik, yetiştirilgan xomaşyo miqdoridan köra qöşilgan qiymati, umumiy suv sarfidan köra har bir kub metr suv hisobiga olinayotgan iqtisodiy samara asosiy mezon bölib borişi kerak.

— Investitsiya masalasiga töxtalsak. Bugun investor uçun Buxoroning eng katta ustunligi nimada?

— Birinçi ustunlik — xomaşyo va resurs bazasi. Buxoroda neft va gaz resurs­lari, gaz-kimyo sanoati, paxta va pilla, qiş­loq xöjaligi mahsulotlari, şuningdek, quriliş materiallari işlab çiqariş uçun marmar, granit, gips, qum kabi mineral resurslar mavjud. Oldingi javoblarda aytganimizdek, bu resurslardan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot işlab çiqarişga qaratilgan yangi loyihalar ham amalga oşirilyapti. Bu esa investor uçun faqat xom­aşyo manbasini emas, mahalliy kooperatsiya imkoniyatini ham kengaytiradi.

Ikkinçi muhim jihat — Buxoroning geografik joylaşuvi va transport imkoniyatlari. Viloyat orqali Markaziy Osiyoni Turkmaniston, Eron, Rossiya va Yevropa bozorlari bilan boğlaydigan temir yöl va avtomobil yönalişlari ötadi. ­Buxoro xalqaro aeroporti ham taşqi aloqalar uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.

Qayta tiklanuvçi energetika böyiça amalga oşirilayotgan yirik loyihalar ham Buxoroning investitsiya muhitiga taʼsir qiladi. Viloyatda ACWA, Masdar kabi yirik xorijiy kompaniyalar iştirokida quyoş va şamol energetikasi loyihalari işga tuşirilmoqda.

Investorlar uçun tayyor infratuzilma va maxsus hududlarning mavjudligi ham ahamiyatli. “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasi va viloyatning turli tumanlaridagi kiçik sanoat zonalari işlab çiqariş loyihalarini joylaştiriş imkonini beradi. Amaldagi tartiblar doirasida investitsiya hajmiga qarab yer, mol-mulk va suv soliği böyiça imtiyozlar ham nazarda tutilgan. Bu mexanizmlar investorning dastlabki xarajatlarini kamaytiriş va loyihani işga tuşiriş jarayonini yengillaştirişga xizmat qiladi.

Buxoroning investitsiya borasidagi asosiy ustunligini tayyor imkoniyatlar majmuasida köraman. Biz investorga resurs, infratuzilma, bozor va taşqi savdo yönalişlarini bir-biri bilan boğlangan holda taklif qila olişimiz kerak. Şunda Buxoro investitsiya kiritiş mumkin bölgan hudud sifatidagina emas, loyihani amalga oşiriş mexanizmi va keyingi bozori tuşunarli bölgan hudud sifatida ham raqobatlaşa oladi.

— Buxoro Özbekiston bilan birga Markaziy Osiyodagi muhim tarixiy va iqtisodiy markazlardan biri böliş imkoniyatiga ega. Viloyatni mintaqaviy turizm, savdo va logistika markaziga aylantiriş uçun hozir qanday işlar qilinmoqda?

— Avvalo, turizmda Buxoro şahri doi­rasidan butun viloyat miqyosiga çiqişga harakat qilyapmiz. Bu borada 2026-yil uçun aniq maqsadlar belgilangan. Joriy yilda viloyatga 3,5 million xorijlik va 5,5 million mahalliy sayyohni jalb qiliş rejalaştirilgan. Buning uçun

73 ta yangi joylaştiriş obyekti va 15 ta yangi turoperator hamda turistik firma taşkil etiş rejalaştirilgan. Şaharda yangi turistik markaz va beşta xal­qaro brend mehmonxonasini taşkil etiş, Şofirkon tumanida Xöja Orif, ­Buxoro tumanida Çor Bakr va Yorjon turizm qiş­loqlari, Mohi Xossa turistik mahallasini rivojlantiriş közda tutilgan. Jondor, Ğijduvon, Buxoro, Qoraköl va Vobkent tumanlarida suv böyi dam oliş maskanlari, yölböyi servis obyektlari va yangi rekreatsiya zonalarini taşkil etiş ham şu maqsadga xizmat qiladi.

Romitan tumanida “Bukhara Desert Oasis & Spa” turistik klasteri taşkil etilmoqda. Bu çöl hududlarining imko­niyatlaridan foydalanib, ekoturizm va sarguzaşt turizmini alohida turistik mahsulot sifatida rivojlantiriş imkonini beradi. Maqsadimiz sayyoh uçun Buxoro şahri, Ğijduvon hunarmandçiligi, Çor Bakr, agro va etnoturizm, çöl turizmini birlaştirgan 3-5 kunlik marşrutlarni şakllantiriş. Şunda turistning Buxoroda ötkazadigan vaqti ham, mahalliy xizmat va mahsulotlarga sarflaydigan ­mablaği ham ortadi.

Turizm infratuzilmasini kengaytirişda “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik majmuasi ham muhim loyihalardan. Unda mehmonxona majmualari, milliy hunarmandçilik markazlari, yaşil hududlar va boşqa turistik infratuzilma obyektlarini taşkil etiş közda tutilgan. Turizm sohasi uçun zamonaviy boş­qaruv kadrlarini tayyorlaş maqsadida Avstriya­ning Krems universiteti bilan hamkorlikda qöşma fakultet oçiş böyi­ça işlar davom ettirilmoqda.

Albatta, mintaqaviy turizm markazi böliş uçun transport boğliqligi hal qiluvçi ahamiyatga ega. Toşkent — Buxoro yönalişida qöşimça yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovini yölga qöyiş, Buxoroga aviaqatnovlar sonini oşiriş böyiça işlar bajarilmoqda. Xalqaro turizmda Janubi-şarqiy Osiyo bozoriga ham alohida eʼtibor qaratilyapti. Indoneziya, Malayziya va Singapurdan turistlar oqimini köpaytiriş, jumladan, töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş masalalari muhokama qilingan.

Buxoro tarixan odamlar, tovarlar va madaniyatlar tutaşgan savdo markazi bölgan. Bugungi vazifa şu tarixiy mavqeni zamonaviy iqtisodiy mazmun bilan boyi­tiş, viloyatni Markaziy Osiyoda turizm, savdo va logistika özaro boğlangan muhim markazlardan biriga aylantirişdir.

— Sizningça, bugun Buxoro aholisi hayotida sezilayotgan eng muhim özgariş nima?

— Bugun Buxoro aholisi hayotida sezilayotgan eng muhim özgariş — iqtisodiy faollik va yangi imkoniyatlarning odamlar kundalik turmuşiga tobora yaqinlaşayotgani. Viloyatdagi özgarişlarni yirik qurilişlar, investitsiya hajmi yoki iqtisodiy ösiş körsatkiçlari orqali baholaş mumkin. Odam esa bu jarayonni boşqaça ölçaydi: yangi iş örni paydo böldimi, oilasining daromadi oşdimi, farzandi yaxşi şaroitda öqiyaptimi, mahallasidagi yöl, suv, transport va xizmatlar yaxşilandimi — uni, birinçi nav­batda, şu savollar qiziqtiradi.

Buxoro şahrining özida ham katta özgarişlar bölyapti. Yangi boş rejada şahar hududini qariyb 4000 gektarga kengaytiriş nazarda tutilgan. Yangi uy-joy massivlari, “Yangi Özbekiston” mahallalari, ijtimoiy obyektlar va yaşil hududlarni barpo etiş şaharning keyingi ön yilliklardagi rivojlaniş yönalişini belgilab beradi. Şahar kengayişi bilan birga maktab, boğça, tibbiyot muassasasi, yöl, muhandislik va kommunal tarmoqlar ham mutanosib rivojlanişi kerak. Çunki yangi uy qurişning özi yetarli emas, odamga yaşaş uçun tölaqonli muhit zarur.

Taʼlim sohasidagi işlar ham bevosita oilalar hayotiga daxldor. 2026-yilning birinçi yarmida viloyatda 151 ta maktab va 85 ta maktabgaça taʼlim taşkilotida işlar bajarilib, 24,5 mingdan ortiq yangi öquv örni oçildi. Bu raqam ortida minglab oilalar uçun farzandining uyiga yaqin, munosib şaroitda taʼlim olişi bilan boğliq imkoniyat turibdi.

Infratuzilmadagi özgarişlar ham kundalik hayotda tez seziladi. Şahardagi tirbandlikni kamaytiriş va hududlar örtasidagi transport boğliqligini yaxşilaş maqsadida 7 ta aylanma yöl hamda yirik magistrallarni rekonstruksiya qiliş böyiça işlar boşlangan. Içimlik suv va energiya taʼminoti tizimlarini yaxşilaşga ham mablağ yönaltirilyapti. Oldin aytganimdek, bu yönalişlarda hal qilinişi lozim bölgan masalalar bor. Şu bilan birga, muammolarni bosqiçma-­bosqiç bartaraf etiş aholi turmuşidagi özgarişning eng muhim qismlaridan biri bölişi kerak.

Iş bilan taʼminlaş va doimiy daromad manbalarini köpaytiriş esa odamlar eng tez his qiladigan özgarişlardan. Kogon, Qoraköl, Ğijduvon va boşqa hududlarda yangi sanoat quvvatlarining paydo bölişi, xizmat körsatiş sohasining kengayişi aholining yaşaş joyiga yaqin hududda işlaş va daromad topiş imkoniya­tini oşiradi. Men uçun bu juda muhim. Çunki investitsiyaning aholi uçun eng tuşunarli natijasi — barqaror iş örni va daromad.

Şu bois, bugungi özgarişlarni Buxoro­ning faqat taşqi qiyofasi yangilanayotgani bilan izohlamasdim. Gap iqtisodiy rivojlanişning odamlar hayotiga tobora yaqinlaşib borayotganida. Yangi korxona iş örni oçsa, yangi maktabda bolaga yaxşi şaroit yaratilsa, yöl odamning vaqtini tejasa, suv va transport bilan boğliq muammolar kamaysa, iqtisodiy ösişning mazmuni odamga tuşunarli böladi. Albatta, bu jarayon hali yakunlangani yöq. Oldimizda hal qilinişi kerak bölgan vazifalar köp.

— Buxoro brendi kelajakda nima bölişi mumkin?

— Buxoro dunyoga allaqaçon tarixiy şahar sifatida tanilgan. Endigi vazifa — şu tarixiy nufuzni zamonaviy iqtisodiyot, hunarmandçilik, taʼlim, turizm, kreativ industriyalar va yangi avlod imkoniyatlari bilan boğlaş.

Masalan, Buxoro hunarmandçiligini sayyohga sotiladigan esdalik buyumlar doi­rasida köriş töğri bölmaydi. ­Qoraköl, ipak, zardözlik, gilamçilik va boşqa ­anʼanaviy yönalişlarni zamonaviy dizayn, sifat va brendlaş bilan boğlasak, ularning taşqi bozordagi qiymatini oşiriş mumkin. Mahsulotning Buxoroda işlab çiqarilgani uning kelib çiqişi, tarixi va mahoratini ifodalaydigan öziga xos sifat belgisi bölişi kerak.

Turizmda ham şunday yondaşuv zarur. Sayyoh Buxoroga kelib faqat tarixiy obidalarni tomoşa qilib ketişi bilan çeklanmasligi kerak. U milliy taomlarni tatib körsin, hunarmand ustaxonasiga kirsin, mahalliy mahsulot sotib olsin, tumanlarga borsin, çöl va ekoturizm imkoniyatlaridan foydalansin.

Kelajakdagi Buxoro faqat “köriş uçun boriladigan” tarixiy şahar bölib qolmasligi kerak. U yaşaş, taʼlim oliş, işlaş, biznes bilan şuğullaniş, ijod qiliş va yangi tajriba orttiriş uçun ham qiziqarli hudud bölişi lozim. Tarixiy merosimiz şu jarayonda öz qiymatini yöqotmaydi, aksinça, yangi iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarning asosiga aylanadi.

Şu maʼnoda, Buxoroning kelajakdagi brendini bir jumlada “Tarixdan kelajak sari” deb ifodalagan bölardim. Çunki oldimizdagi vazifa tarixni asraş bilan birga, uni yangi imkoniyatlar, zamonaviy taraqqiyot va yangi avlod uçun kuçga aylantirişdan iborat.