Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov uşbu savollarga javob berdi.

Uning taʼkidlaşiça, Koksaki virusi enteroviruslarning bir turi hisoblanadi. Şu sababli Özbekistonda u alohida kasallik sifatida emas, balki enterovirus infeksiyalari tarkibida hisobga olinişi mumkin.

Kasallik ötkir içak infeksiyalariga öxşaş keçadi. Ayrim hollarda nafas yöllari va içak bilan boğliq belgilar bir vaqtning özida kuzatiladi.

Koksaki virusining 70 ga yaqin turi mavjud bölib, ular orasida asosan A va V turlari uçraydi. Kasallanganlarning aksariyati kasallikni yengil ötkazadi, hatto ayrimlarida uning belgilari sezilmasligi ham mumkin.

Virusning A turi yuqqanda yuz, burun va barmoqlarda pufakçalar paydo bölişi ehtimoli bor. V turida esa içak belgilari, baʼzi hollarda parenximatoz aʼzolarda özgarişlar kuzatilişi mumkin.

Garçi kasallik aksariyat hollarda yengil keçsa-da, ayrim holatlarda zotiljam va meningit kabi jiddiy asoratlarni keltirib çiqarişi mumkin.

Nurmat Otabekovning aytişiça, kasallikka gumon qilinganda bemorga simptomatik davo qöllanadi. Şuningdek, tört kundan ortiq yoki uzoq muddat davom etgan isitma holatlarida kasallik ehtimolini ham inobatga oliş mumkin.

Mutaxassis hozirgi vaziyat va ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan xabarlar yuzasidan ortiqça xavotirga örin yöqligini taʼkidladi. Uning qayd etişiça, Koksaki virusi Özbekiston hududiga unçalik xos bölmagan kasallik bölib, asosan Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlarida, şuningdek, Amerika qitʼasining ayrim hududlarida köproq qayd etiladi.

Kasallikdan himoyalaniş uçun oddiy sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiliş, qöllarni yaxşilab yuviş muhim. Agar kasallik belgilari kuzatilsa, boşqalar bilan muloqotni çeklaş tavsiya etiladi.