Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati rahbari Şerzod Saparov iştirokidagi brifingda davlat taşkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş, ularning oldini oliş va içki nazorat tizimini kuçaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda muhim natijalar maʼlum qilindi.

Xususan, 2026-yil yanvar–oktyabr oylarida korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari tomonidan 5 368 ta xizmat tekşiruvi ötkazildi. Ularning natijalari böyiça xodimlarga nisbatan 594 ta jinoiy, 160 ta maʼmuriy va 4 604 ta intizomiy jazo çoralari qöllanildi. 1 565 ta holatda mehnat şartnomalari bekor qilindi. Şuningdek, davlat xaridlari sohasida 57,5 milliard sömlik 24 ta xaridda manfaatlar töqnaşuvi, 239,9 milliard sömlik 90 ta xaridda esa affillanganlik bilan boğliq qonunbuzilişlar aniqlanib, bartaraf etildi.

Korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlaş borasida ham muayyan natijalarga erişildi. Joriy yilning 10 oyida 18 970 ta ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvining oldi olindi, 1 689 ta mavjud holat bartaraf etildi. Qonunçilik talablarini buziş bilan boğliq 322 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.

Brifingda, şuningdek, beşta vazirlik va taşkilotda ötkazilayotgan huquqiy eksperiment natijalari ham taqdim etildi. Jumladan, Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida davlat xaridlari va tibbiy jihozlar narxlarini qayta körib çiqiş orqali 247 milliard söm byudjet mablaği tejab qolindi.

Quriliş sohasida elektron tenderlar natijasida qariyb 1,5 trillion söm iqtisod qilindi. "Özbekneftgaz" AJda esa raqamli nazorat va videokuzatuv tizimlarini joriy etiş natijasida 2025-yilda zarar bilan işlagan neft bazalari 2026-yilning 9 oyida 44 milliard söm sof foydaga erişdi.

Brifing davomida OAV vakillarining komplayens-nazorat xodimlarining mustaqilligi, manfaatlar töqnaşuvi, davlat xaridlari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş reytinglari böyiça savollariga ham javob berildi.