FIFA Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Avstriyaga qarshi o‘yinda o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilganini e’lon qildi.

O‘yin Arlingtondagi (Texas) “Ey-Ti-end-Ti” stadionida bo‘lib o‘tdi va amaldagi jahon chempionlarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 38 yoshli argentinalik sardor ikkta gol urdi.

Messi 9-daqiqada penaltidan gol urolmadi. Biroq, u birinchi bo‘limda xatosini tuzatdi: 38-daqiqada hujumchi Jahon chempionatidagi 17-golini urdi va turnir tarixida gollar soni bo‘yicha yagona yetakchiga aylandi va Germaniya terma jamoasi vakili Miroslav Klozedan (16 ta gol) o‘zib ketdi. Qo‘shimcha vaqtda Messi ikkinchi golini kiritib, rekordini 18 taga yetkazdi.

Messi shuningdek, Jahon chempionatida g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordni yangiladi (18), bu orqali Klozening rekordini ortda qoldirdi.

Birinchi marta 2002-yilda taqdim etilgan “O‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi” mukofoti argentinalik hujumchiga faoliyatida 13-marta (tarixdagi eng yaxshi) va 2026-yilgi jahon chempionatida ikkinchi marta berildi.

Bundan tashqari, Messining 2014-yilgi Braziliyadagi jahon chempionatida to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritgan, u bu borada Niderlandiyaning sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder bilan bir xil rekord qayd etgan, u 2010-yilgi JARda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida to‘rt marta “O‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi” deb topilgan.

Ushbu g‘alaba bilan Argentina olti ochko to‘pladi va Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘llanmani erta qo‘lga kiritdi. Ular 28 iyun kuni guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Iordaniya bilan to‘qnash kelishadi, deb xabar berdi rbc.ru.