Yangi nizomga köra, subsidiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalaştiriladigan ipoteka kreditlari doirasida birlamçi uy-joy bozoridan kvartira sotib oliş uçun ajratiladi.

Bunda subsidiya ariza beruvçining asosiy iş joyi joylaşgan hududda qurilgan kvartira uçun yönaltiriladi.

Subsidiya oliş istagidagi fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilişi mumkin.

Ariza beruvçining belgilangan talablarga muvofiqligi axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda tekşiriladi. Jumladan:

  • ariza beruvçi va uning turmuş örtoği umumiy daromadining belgilangan mezonlarga muvofiqligi;
  • ariza beruvçi va uning turmuş örtoği nomida respublika hududida sönggi ikki yil davomida mulk huquqi asosida turar joy mavjud bölmagani;
  • ariza beruvçining madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida kamida uç yillik iş stajiga egaligi;
  • ariza beruvçining mazkur sohalarda faoliyat yuritişi uçun sönggi uç yilda litsenziyaga ega bölgani va boşqa mezonlar.

Subsidiya bir oilaga faqat bir marta ajratiladi.

Subsidiya ajratiş töğrisida xabarnoma olgan talabgor birlamçi uy-joy bozoridan kvartira sotib oliş uçun quriliş taşkiloti yoki developer bilan şartnoma tuzadi.

Şuningdek, boşlanğiç badalning bir qismini qoplaş uçun ajratilgan subsidiya mablağidan u ötkazilgan kundan boşlab 30 kun içida foydalanilmasa, bank uşbu mablağni Özbekiston Respublikasining respublika byudjetiga qaytaradi.