Davlatimiz rahbarining joriy yil 2-iyundagi 103-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan mazkur tartib doirasida:
yangi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida “Dutor”, “Milliy raqs”, “Yosh doirachilar”, “Tasviriy sanʼat” yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Toʻgaraklarda oʻquvchilar chuqurlashtirilgan holda haftasiga 2 soatdan (jami 72 soat) oʻqitiladi. Shuningdek, toʻgarak aʼzolari oʻrtasida turli tanlovlar tashkil etiladi va ular orasidan iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi.
Mazkur toʻgaraklarni tashkil etishdan asosiy maqsad, yoshlar oʻrtasida milliy sanʼatimizni keng targʻib qilish va ularni kelajak avlodga munosib yetkazishdan iborat.