Möğuliston Milliy axborot agentligi MONSAMEning xabar berişiça, u bu haqda matbuot anjumanida maʼlum qildi.

“Barçangizga maʼlumki, sönggi bir oy içida ayrim jinoiy guruhlar Möğuliston Prezidentining şaʼni va lavozimiga beparvolik bilan hujum qilib, uning obrösiga putur yetkazişdi. Menga aqlbovar qilmaydigan va öta oğir jinoyat bilan boğliq tuhmat va haqoratlar yoğdirildi. Men vaziyatni kuzatib, bir muddat jim turdim. Biroq, masʼuliyatli lavozimni egallagan şaxs sifatida men bugun uşbu bayonotni berişga qaror qildim. Hamma qonun oldida tengdir. Keça Demokratik partiya içidagi bir guruh Möğuliston Prezidenti isteʼfoga çiqişi va tergov ötkazişi kerakligi haqidagi pozitsiyasini bildirdi. Men bunga qöşilaman”, dedi u.

Möğuliston Konstitutsiyasiga köra, Prezident isteʼfoga çiqqan, lavozimidan çetlaştirilgan yoki vafot etgan taqdirda, parlament uning vakolatlarini tugatiş töğrisida qaror qabul qiladi. Yangi davlat rahbari saylanmagunça, parlament spikeri öz vazifalarini bajaradi. Muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari tört oy içida ötkazilişi kerak, deb xabar berdi report.az.