Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining 2026-yil 7-avgustdagi hukmi bilan A. O. (1972 yilda tug‘ilgan, Namangan shahar hokimi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi 2-qismi “a” bandi, 207-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 210-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
A. O.ga jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismi tartibida uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jinoyat ishi bo‘yicha 3 nafar sudlanuvchiga 7 yildan 10,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 nafariga 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari hamda 1 nafar sudlanuvchiga 3 yilga ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.