Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.M.” MCHJ rahbari M.A. (muqaddam sudlangan) “Sumalak guzari” MFY hududidagi dorixonada sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni savdoga qo‘yganligi aniqlanib, undan 203 turdagi 2 453 quti dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy daliliy sifatida olingan.
Departamentning Chust tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “X.N.” MChJ rahbari Sh.S. “Istiqbol” MFY hududidagi dorixonada sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni savdoga qo‘yganligi aniqlanib, undan 648 turdagi 3 859 quti dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy daliliy sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-12-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.