Maʼlum qilinishicha, Yangiqo‘rg‘on tumani “Yangi Bog‘iston” mahallasida yashagan, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro T.M. joriy yilning 28-mart kuni G‘ovozon OShPda muolaja olayotgan vaqtida sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tibbiyot xodimi — “G‘ovozon” OShP TBX oila hamshirasi G.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.