DXXning tarqatgan maʼlumotiga koʻra, u Namangan shahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biri mazkur bankdan 2021 yilda olgan 16,2 mlrd soʻm kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida toʻlay olmaganligidan foydalanishga uringan. Jumladan, garov taʼminoti sifatida qoʻyilgan mulklarning auksion savdolariga chiqarilishini 5-6 oyga choʻzib turish va keyinchalik ularni klinikaga qaytarib berish masalasini ijobiy hal etish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bosh yuriskonsult klinika rahbaridan soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.