Bu yilgi tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Rossiya va Belarus davlat tuzilmalari, investorlari hamda biznes vakillarini bir joyga to‘pladi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi shahar infratuzilmasi va transportini
rivojlantirishdan tortib, ishlab chiqarishni raqamlashtirishgacha bo‘lgan keng
ko‘lamli texnologik yechimlarni o‘z ichiga oladi. Taqdim etilgan ishlanmalar
qatorida intellektual monitoring tizimlari, robotlashtirilgan majmualar,
uchuvchisiz texnologiyalar va kelajak sanoati qiyofasini shakllantirayotgan
yangi avlod raqamli platformalari bor.
Shu munosabat bilan mamlakatning eng yirik mobil operatori bo‘lgan Ucell
kompaniyasi biznes samaradorligini oshirish va korxonalarning barqaror
rivojlanishiga yo‘naltirilgan raqamli yechimlar turkumini taqdim etdi.
Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:
“Ucell o‘zining texnologik yetakchilik maqomini
tasdiqlashga hamda nafaqat aloqa xizmatlari yetkazib beruvchi, balki
transformatsiyaning barcha bosqichlarida biznesga hamrohlik qiluvchi to‘laqonli
raqamli sherik bo‘lishga intiladi. INNOPROMdagi ishtirok — bu kabi hamkorlikni
rivojlantirish hamda sheriklar va mijozlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish
yo‘lidagi navbatdagi qadamdir”.
Ekspozitsiyaning markaziy qismidan atrof-muhit holatini tizimli kuzatish,
tahlil qilish va boshqarishga mo‘ljallangan kompleks yechim — raqamli ekologik
monitoring platformasi o‘rin oldi. Ushbu platforma chuqur tahlil, katta hajmli
ma’lumotlar bilan ishlash, taqsimlangan arxitektura va yuqori darajadagi
kiberxavfsizlikni o‘zida mujassam etib, turli sohalar uchun moslashuvchanlik va
kengaytiriluvchanlikni ta’minlaydi. Misol tariqasida, ekomonitoring xizmatini
joriy etilganligi “Ohangaronsement” AJ ga ishlab chiqarish jarayonlarining
atrof-muhitga, shuningdek, korxona xodimlari va mahalliy aholining hayoti va salomatligiga
ta’sirini nazorat qilish imkonini berdi.
Akrom Najimov, Ucell biznes segmentida savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
rahbar:
“Zamonaviy biznes barqaror rivojlanish va
jarayonlarning shaffofligiga tobora ko‘proq yo‘naltirilmoqda. Aynan shuning
uchun ekologik monitoring sohasidagi yechimlar strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Ucell platformasi shunchaki ma’lumotlar yig‘ish bilan cheklanmay, ularni biznes
samaradorligi va mas’uliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan boshqaruv
qarorlariga aylantirish imkonini beradi”.
Kompaniyalarga sayyor xodimlarni samarali boshqarish imkonini beradigan
“Kadrlar nazorati” yechimiga alohida e’tibor qaratildi. Tizim fotohisobotlar,
geolokatsiya va vazifalar bajarilishini real vaqt rejimida kuzatib borish
orqali jarayonlarning shaffofligini ta’minlab, ish jarayonlarining
ishonchliligi hamda boshqariluvchanligini oshiradi.
Ko‘rgazma davomida Ucell mutaxassislari yechimlarning funksional
imkoniyatlarini namoyish etib, ularni qo‘llash bo‘yicha amaliy keyslarni taqdim
qildilar va biznes vakillari uchun maslahatlar o‘tkazdilar. Bunday format
ishtirokchilarga texnologiyalarning o‘z loyihalari uchun amaliy ahamiyatini
baholash imkoniyatini yaratdi.
Ko‘rgazmadagi ishtirok Ucell uchun texnologik yetakchi, biznes va davlat uchun esa ishonchli raqamli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Kompaniya iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasiga va mintaqada barqaror texnologik muhitni shakllantirishga yordam beradigan innovatsion yechimlarni rivojlantirishda davom etmoqda.