Faqat respublikaning ayrim togʻli hududlarida, shuningdek, 24–25 sentyabr kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli biroz yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Havo harorati kechalari 13–18 daraja, kunduz kunlari 27–32 daraja atrofida boʻladi. Janubiy hududlarda harorat 35–37 darajagacha koʻtariladi.

Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.

Toshkentda havo qanday boʻladi?

Poytaxtda hafta davomida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechalari 15–18 daraja, kunduz kunlari 29–32 daraja boʻladi. 25 sentyabr kuni esa kunduzgi harorat 27–29 daraja atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Toshkentda shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.