Avvalroq, 28-aprel kuni mazkur holat vakolatli organlar tomonidan oʻrganilayotgani haqida axborot berilgan edi. Keyingi surishtiruvlar davomida esa tarqatilgan iddaolar oʻz tasdigʻini topmagani aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, 27-aprel kuni tungi soat 00:40 da Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga tanishi — 22 yoshli ayol qoʻngʻiroq qilib, maslahat olish maqsadida chaqirgan. Xodim yetib borganida, mazkur ayol hamda uning 14 yoshli tanishi birgalikda uning avtomobiliga oʻtirgan.
Shu vaqtda 18 yoshli shaxs yana bir necha tanishlari bilan kelib, xodimni haqorat qilgan va janjal keltirib chiqargan. Qayd etilishicha, u 14 yoshli qizga qarindosh emas.
Voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgani sababli holatning barcha tafsilotlari ochiqlanmagan.
Ichki ishlar organlari maʼlumotiga koʻra, ish yakuniga koʻra yolgʻon axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik choralari koʻrilishi mumkin.
Shuningdek, mutasaddilar ommaviy axborot vositalari vakillarini tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.