Aniqlanishicha, 2026-yil 28-avgust kuni Ohangaron shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi (16.07.2023 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) ushbu tashkilotning oshxonasida turgan xashoratlarga qarshi dori vositasini iste’mol qilib zaharlangan.
Shahar Tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2026-yil 30-avgust kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilib, har bir aniqlangan holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.
Tergov natijalari haqida qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lum qilinadi.