Ostonadagi turar-joy majmuasi derazasidan dollarlar solingan çamadon uloqtirildi, u yerda Qozoğiston milliy farovonlik jamğarmasi “Samruk-Kazina” va Qozoğiston temir yöllari top-menejerlarini hibsga oliş operatsiyasi bölib ötgan deb taxmin qilinmoqda. Köçaga soçilgan kupyuralar tasvirlari Astana TV tomonidan namoyiş etildi, deb xabar berdi tass.ru.
Öz navbatida, 24.kz mahalliy ijtimoiy tarmoq guruhlariga tayanib, soçilgan kupyuralar va çamadonlar aks etgan video “Atlant” turar-joy majmuasi yaqinida suratga olingani haqida xabar berdi.
Avvalroq Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi “Samruk-Kazina” milliy farovonlik jamğarmasi raisi Nurlan Jakupov va Qozoğiston temir yöllari boşqaruvi raisi Eljas Otinşiyev korrupsiya jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinib, 11-noyabr kuni respublikada hibsga olingani haqida xabar bergan edi.