2026-yil yanvar–iyun oylarida ish haqi o‘sishi davom etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan:
nominal ish haqi — 18,4 foizga;
inflyatsiya hisobga olingan real ish haqi — 10,9 foizga oshdi.
II chorakda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,5 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,1 foizga ko‘paydi.
Real ish haqi va pul o‘tkazmalarining o‘sishi aholining xarid imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, vakansiyalar va ish izlash faolligidagi o‘zgarishlar mehnat bozoridagi talab va taklifni kuzatib borish muhimligini ko‘rsatmoqda.