Taʼlim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman eʼlon qilindi. Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli oʻquvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
Tabiiy fanlar boʻyicha
Oʻzbekiston oʻquvchilari 438 ball toʻplab, 91 ta davlat va taʼlim tizimi orasida 48-oʻrinni egalladi.
Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar boʻyicha natija 355 ball va 80-oʻrinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
Raqamli dunyoda oʻrganish boʻyicha:
Oʻzbekiston oʻquvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-oʻrinni egalladi.
Eslatib oʻtamiz, PISA 2025da asosiy yoʻnalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va oʻqish savodxonligi boʻyicha natijalar yuzasidan qoʻshimcha tahlillar olib borilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va taʼlim tizimi ishtirok etdi.