Yöriqnoma bilan banklarni naqd pul bilan taʼminlaş, aholiga va tadbirkorlarga naqd pul beriş, banknot va tangalarni muomalaga çiqariş hamda banklar örtasida naqd pullarni taqsimlaş tartibi belgilandi. Unga köra:
Banklar örtasida naqd pul taqsimoti elektron taşkil etiladi.
“Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali ortiqça naqd pulga ega banklar boşqa banklarga mablağ taklif qiladi, naqd pulga ehtiyoji mavjud banklar esa elektron talabnoma yuboradi.
Naqd pullar banklar örtasida inkassatsiya xizmati orqali yetkazib beriladi.
Naqd pulga bölgan ehtiyoj oldindan rejalaştiriladi.
Banklar har oyda naqd pul kirimi va çiqimi böyiça prognoz tayyorlab, uni oy boşlanişidan kamida 3 bank iş kuni oldin elektron şaklda taqdim etadi.
Banknot va tangalarga qöyiladigan talablar belgilandi.
Muomalaga çiqariladigan pul belgilarida quyidagilar bölişi şart:
pulning raqamlar bilan ifodalangan nominal qiymati;
pul belgilarini bir-biridan oson farqlaş imkonini beruvçi ölçam va ranglar;
Markaziy bankning nomi;
pul belgisi dizayni va namunasi tasdiqlangan yil;
Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi yoki Davlat bayroği tasviri;
qalbakilaştirişdan himoyalovçi elementlar.
Yöriqnomaga köra, banknotlarda ularning seriyasi va raqami, nominal qiymatining yozuv bilan ifodasi, barça turdagi tölovlar uçun qabul qilinişi majburiyligi hamda qalbakilaştirganlik uçun javobgarlik töğrisidagi yozuvlar bölişi lozim.
Pul belgilarining dizaynida Özbekiston tarixi, milliy madaniyati, qadriyatlari, buyuk allomalar va mamlakatimiz yutuqlarini aks ettiruvçi tasvirlardan foydalaniladi.
Pul belgilaridagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi.
Bundan taşqari, pul belgilari inson salomatligi uçun xavfsiz xomaşyolardan tayyorlanişi va zamonaviy himoya elementlariga ega bölişi kerak.
Aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqi kafolatlanadi.
Banklar fuqarolar va tadbirkorlarning hisobvaraqlarida mavjud mablağlari doirasida naqd pul olişga bölgan talablarini birinçi talab böyiça uzluksiz qondirişi şart.
Şuningdek, banklar muomaladagi naqd pullarni nominal qiymati böyiça moneliksiz qabul qiladi.
Bankomatlar naqd pul bilan taʼminlab boriladi.
Banklar mijozlarning naqd pulga bölgan ehtiyojini va bankomatlardagi naqd pul aylanmasini muntazam tahlil qiladi.
Naqd pul yetişmasligi kutilganda banklar qöşimça mablağlarni jalb etiş çoralarini köradi.
Pul belgilarini bepul ayirboşlaş mumkin.
Markaziy bank va tijorat banklari talabga köra bir nominaldagi pul belgilarini boşqa nominaldagi pul belgilariga heç qanday tölov yoki vositaçilik haqisiz ayirboşlaydi.
Yangi banknot va tangalar muomalaga çiqarilişidan kamida 1 hafta oldin bu haqda aholiga xabar beriladi.