Viloyat bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan viloyat Içki işlar boşqarmasi hamda Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda Qarşi şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida "Jentra" rusumli avtomaşina kuzatuvga olindi.
Mazkur avtomaşina "Mersedes" rusumli yuk avtomobilidan jönatma qabul qilayotgan vaqtida töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirildi. Natijada "Jentra" avtomaşinasining orqa salon qismida 2 dona, "Mersedes" yuk avtomobilining yukxonasida esa 3 dona karton qutida pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Aniqlangan jami 5 ta karton qutida 144 ming dona pirotexnika vositasi mavjudligi maʼlum böldi. Ularning 86 ming 400 donasi "Pitardes", 57 ming 600 donasi esa "Treniya" nomli pirotexnika mahsulotlaridan iborat bölib, umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga köra 50 million sömni taşkil etdi.