Migratsiya agentligining maʼlum qilishicha, umumiy qarzdorlik qariyb 24 million rubl (taxminan 324 ming dollar)ni tashkil etgan.

Shu bilan birga ayrim ishchilar noqonuniy holatga tushib qolgach, ular Oʻzbekiston Migratsiya agentligiga murojaat qildi.

Mazkur holat boʻyicha agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan advokatlar jalb etildi, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyada esa tegishli organlarga nota yuborib, diplomatik kanallar ishga tushirildi.

Natijada Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ish beruvchilarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 145.1-modda asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Shuningdek, 105 nafar hamyurtimizga 9 403 000 rubl (127 ming dollar) ish haqi undirilib berildi. Qolgan qarz — 23 966 000 rubl (323 ming dollar) 15 mayga qadar toʻlanishi kutilmoqda. Ishchilarning oziq-ovqat taʼminoti qayta tiklandi.

Noqonuniy holatga tushgan fuqarolar Vatanga qaytarilib, moddiy yordam koʻrsatish boshlandi.

Bildirilishicha, bu ishlarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari hamda Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda ish olib borilgan.