Xususan, Samarqand tumanida Bosh prokuratura shtabi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor M.S.ga qarashli korxonaning elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Natijada 524,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Xususan, Samarqand tumanida yakka tartibdagi tadbirkor M.S.ga qarashli korxona elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Natijada 524,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shu tumanda “S. A. I.” MCHJga qarashli binoda ham shunday qoidabuzarlik qayd etilgan. Buning oqibatida taʼminot korxonasiga 180 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Bulungʻur tumanida yakka tartibdagi tadbirkor M.A.ga qarashli noturar binoda elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanish holati aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu holatda 477 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilmoqda.