Mazkur jadvalga koʻra, bugungi kunda birinchi bosqichda samarqandlik rahbarlardan 150 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtib, davolanmoqda. Jumladan viloyat hokimi (E.Turdimov), viloyat prokurori (R.Masharipov), viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Sh.Rahmonov) va viloyat davlat soliq boshqarmasi (A.Inagʻomov) boshliqlari Toshkent shahrida, 3 nafar viloyat hokimining maslahatchilari (yordamchi), 48 nafar sektor rahbarlari (tuman/shahar prokurorlari, IIB va DSI boshliqlari), 96 nafar tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari viloyat tibbiyot markazlarida tibbiy koʻrikdan oʻtib, zaruriy muolajalarni olmoqda. Muolajalar joriy yilning 27-yanvariga qadar davom etishi belgilangan.
Ikkinchi bosqichda (28-yanvardan 7-fevralgacha) Samarqanddan yana 24 nafar (8 nafar viloyat hokimining oʻrinbosari, 16 nafar tuman va shahar hokimlari) rahbarlar Toshkent shahrida tibbiy koʻrikdan oʻtib, davolanishi koʻzda tutilgan.
Samarqanddan qaysi rahbarlar salomatligini tiklash uchun taʼtilga chiqqan?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlari tibbiy koʻrikdan oʻtish va davolanish uchun 7-fevralgacha boʻlgan muddatda 2 bosqichda qisqa muddatli taʼtilga chiqmoqda.
Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi taşkil etiladi
- Samolyotda jasorat körsatgan şifokor taqdirlandi
- Özbekistonda fandomatlar orqali bir oyda 16,5 mingdan ortiq idiş qabul qilindi
- Toşkent avtobuslarida bank kartalari orqali yöl haqini tölaşda validatorlar interfeysida özgartirişlar kiritildi
- Surxondaryo viloyati hokimini aldaşga uringan amaldor 3 yilga qamaldi
- Ovqatlaniş madaniyati: meʼyor va muvozanat
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi