Mazkur jadvalga koʻra, bugungi kunda birinchi bosqichda samarqandlik rahbarlardan 150 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtib, davolanmoqda. Jumladan viloyat hokimi (E.Turdimov), viloyat prokurori (R.Masharipov), viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Sh.Rahmonov) va viloyat davlat soliq boshqarmasi (A.Inagʻomov) boshliqlari Toshkent shahrida, 3 nafar viloyat hokimining maslahatchilari (yordamchi), 48 nafar sektor rahbarlari (tuman/shahar prokurorlari, IIB va DSI boshliqlari), 96 nafar tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari viloyat tibbiyot markazlarida tibbiy koʻrikdan oʻtib, zaruriy muolajalarni olmoqda. Muolajalar joriy yilning 27-yanvariga qadar davom etishi belgilangan.
Ikkinchi bosqichda (28-yanvardan 7-fevralgacha) Samarqanddan yana 24 nafar (8 nafar viloyat hokimining oʻrinbosari, 16 nafar tuman va shahar hokimlari) rahbarlar Toshkent shahrida tibbiy koʻrikdan oʻtib, davolanishi koʻzda tutilgan.
Samarqanddan qaysi rahbarlar salomatligini tiklash uchun taʼtilga chiqqan?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlari tibbiy koʻrikdan oʻtish va davolanish uchun 7-fevralgacha boʻlgan muddatda 2 bosqichda qisqa muddatli taʼtilga chiqmoqda.
Oʻzbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligiga start berildi
- Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan yuzlab o‘zbekistonliklar ortga qaytarildi
- 2030 yilgacha xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi
- Oʻzbekiston ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026ga mezbonlik qiladi
- Toshkentda PPX inspektori 13 yoshli bolani qutqarib qoldi
- Toshkentda Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi